Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » Chorvachilikning amaliyot standartlari ishlab chiqildi.

Chorvachilikning amaliyot standartlari ishlab chiqildi.

22-04-2025, 10:14
9
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tashabbusi bilan “O‘zbekiston respublikasida chorvachilikning ilg‘or amaliyoti” standartlari ishlab chiqildi.
Mazkur standartlarni joriy etish va targ‘ib qilishning navbatdagi bosqichi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari mutaxassislari hamda amaliyotdagi veterinariya vrachlari va chorvachilik mutaxassislari uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishdan iborat.
Maslahat kengashining joriy faoliyati ushbu vazifani amalga oshirishda Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokidagi “Chorvachilik tarmog‘ining barqaror rivojlanishni moliyalashtirish” loyihasini amalga oshirishga ko‘maklashishga qaratilgan.
Qo‘mitada bo‘lib o‘tgan “O‘zbekistonda chorvachilik bo‘yicha ilg‘or tajribalar standarti” ni joriy etish mavzusidagi xalqaro konsultantlar ishtirokidagi seminarda mazkur standartni bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish tartiblari tahlil qilindi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.